«Deputatlar, faollar, talab qilishni o‘rganinglar» - Prezident real muammolar haqida gaplashish zarurligini ta'kidladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi faollar yig‘ilishda yana bir bor kelajakda tumanlar va viloyatlar hokimlarini xalq saylashi haqida gapirdi.

Andijon viloyatida faollar ishtirokidagi yig‘ilish boshlandi va prezident o‘z so‘zi boshida an'anaviy tarzda ortiqcha takalluflardan voz kechish hamda real muammolar, ularning yechimi haqida gaplashish zarurligini ta'kidladi.
«Avvalo, barchangizni sog‘-salomat, yaxshi kayfiyatda ko‘rib turganimdan xursandman. Sizlarga, sizlar orqali ko‘pni ko‘rgan, mard va oliyjanob Andijon xalqiga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Bitta narsani sizlardan iltimos qilaman – Andijon xalqining og‘irini yengil qiladigan masalalarni muhokama qilaylik.
Oldin aytganimdek, kelajakda kengash raisi hokim bo‘lmaydi. Shu kunlarga kelamizki, tuman, viloyat hokimlarini xalq saylaydi. Chunki qancha ko‘p xalq vakillari rahbardan talab qilsa, vaziyat o‘zgaradi.
Ko‘rdingiz, shaharlar qurmoqchimiz. O‘ylab ko‘ringlar, buning mas'uliyatini zimmaga olish qanchalik og‘ir. Sizlardan bir iltimosim, aziz deputatlar, faollar – talab qilishni o‘rganinglar», – deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat rahbari Bobur Mirzo va Abdulla Oripovlarni yodga oldi.
«Bugun, Andijon ahli keng ko‘lamli islohotlarimizda faol ishtirok etayotgani va qator sohalarda boshqalarga o‘rnak bo‘layotganini ko‘rib, buyuk shoirimiz Abdulla Oripovning quyidagi satrlari esga tushadi:
O‘zbekni bilay desang, Andijonga avval boq,
Nomard bilan gaplashmas, u – mard bilan chin o‘rtoq.
Mehnat-u ma'rifat ham Andijonga yarashgay,
Sir emas, ko‘plar unga havas bilan qarashgay.
Chindan ham, bugun ko‘pchilik sizlarga, o‘zingizning halol mehnatingiz bilan har bir mahalla, har bir qishloq va tuman, umuman, butun viloyatni obod qilayotganingizga havas bilan qaramoqda.
Boshqa hududlarga nisbatan Andijonning imkoniyatlari cheklangan. Yer tanqis, aholi zich. Men rahbar bo‘lib har bir hududning o‘ziga xos rivojlanish yo‘llari haqida o‘ylayman. Andijon muammolarini hech kim chetdan kelib hal qilib bermaydi, hammasi shu viloyatning zahmatkash xalqi qo‘lida.
Prezident siyosatni belgilaydi, yo‘nalishni beradi. Quyi bo‘g‘indagi rahbarlar vatanparvarlikni namoyon qilishlari kerak», degan Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi

17:09 / 25.01.2025