Ta'kidlaş kerakki, audiodagi asosiy ovoz Mirişkor tumani hokimi Ravşan Komilovning ovoziga aynan öxşaş. Taxminlarga köra, hokim öz xodimlariga bergan topşiriği bajarilmaganidan ğazab otiga mingan va ularni onasini qayta-qayta tilga olib böralatib sökkan.
Audio qaçon yozilgani ma'lum emas, sözlar mazmuni paxta kultivatsiyasi mavsumiga töğri keladi.
«Hammasi ayon körinib turibdi»
Masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Qaşqadaryo viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqovga murojaat qildik.
– Bu holatni yaşirişning, xaspöşlaşning hojati yöq. Hammasi ayon körinib turibdi. Hozir bu holat prokuratura tomonidan oldingi holat bilan qöşib örganiş uçun nazoratga olingan. Rasman öz tasdiğini topsa, bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 50 baravari miqdorida jarima qöllanişi mumkin, – dedi hokimning jamoatçilik bilan aloqalar böyiça maslahatçisi.
«Olti yil oldingi gaplar bu…»
Mirişkor tumani hokimligi matbuot kotibi Fayzulla Eşqulovning bu masala yuzasidan izohi quyidagiça böldi.
«Mirişkor tumani hokimligi axborot xizmati «Ozodlik» radiosi va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan «Otaxonni nevaralari oldida makkajöxori uçun haqoratlagan hokim fermerlarni onasidan sökdi», «Sökonğiç hokim tarixi» sarlavhali audioyozuvli xabarlarni örganib çiqdi. Uşbu voqealar alamzada odamlar tomonidan börttirilgan, olti yil oldingi voqeani göyoki bugun bölgandek qilib körsatişga uriniş holatlari bor.
Bir neçta misollar keltiraylik. Örganişlar şuni körsatdiki, Ravşan Komilov 2014 yil 7 oktyabrda Çiroqçi tumanining Pöstin qişloğida istiqomat qilayotgan 60 yoşli Moyli buvaning yubiley, kelin tuşiriş va nevaralarining sunnat töyini buzmagan, faqat öşa davrning siyosatidan kelib çiqqan holda paxta terimi davrida töy qilmaslik haqida ogohlantiriş bergan.
2014 yilning 19 oktyabrida Çiroqçi tuman hokimi bölib işlagan Ravşan Komilov Şahrisabz tuman hokimi Faxriddin Norovni iş kabinetidan taşqariga çiqarib urgan, degan jumla asossizligi böyiça bir qator faktlar töplandi.
2018 yilning 18 iyunida Mirişkor tumanida fermerlik qilgan Şerali Davronovning yaqin qarindoşlari uning öz joniga suiqasd qilişini buğdoy rejasiga va majlisda urib haqorat qilinganiga boğlamayapti.
Bugungi maqolaga sabab bölgan, «Ozodlik» radiosi va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan, tuman hokimining fermerga berayotgan tanbehi bilan boğliq voqealar bundan roppa-rosa olti yil avval yozib olingan. Barçangizga ma'lumki, bundan beş-olti yil avval paxta siyosati yölida heç kim ayab ötirilmagan. Hokimning fermerga tanbeh beriş voqeasi olti yil avval Çiroqçi tumanida sodir bölgan. Alamzada kimsalar esa bu eski voqealarni ijtimoiy tarmoqlarda körsatiş orqali bugungi kunda iş va odamlarga munosabat uslubini özgartirgan hokimga qarşi iş qilayotganlari sezilib turadi.








