Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd yo‘lga qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent – Xo‘jakent” yo‘nalishida yangi elektropoyezdni ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarining o‘tgan yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati transformatsiya qilinmoqda. Jamiyat tarkibida infratuzilma, vagon xizmati, yo‘lovchi tashish kabilar bilan shug‘ullanuvchi 6 ta mustaqil korxona ish boshladi.
Poyezdlar parki ham kengaytirilmoqda. Ayniqsa, yo‘lovchi tashishda aholi va turistlarga qulayliklar oshirilmoqda. Yangi poyezdlar olib kelindi. Toshkentdan Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi tarixiy shaharlarga “Afrosiyob” elektropoyezdlarining qatnovlari ko‘paytirildi.
O‘tgan davrda 3 ming kilometrdan ziyod temiryo‘llar elektrlashtirildi. Buxoro – Urganch – Xiva temiryo‘l tarmoqlarini elektrlashtirish yakuniy bosqichda. Miskin – Nukus yo‘nalishida jadal davom ettirilmoqda. Toshkent atrofida ham elektrlashgan yo‘l qurilib, poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi.
Endi “Toshkent – Xo‘jakent” yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovga qo‘yilmoqda. Davlat rahbari ushbu poyezdga chiqib, harakatlanishi va qulayliklarini ko‘rdi.
Vagonlar shinam va yorug‘, yo‘lovchilar uchun qulay. O‘rindiqlar soni 586 ta. Ma’lumot tablolari va yong‘in xavfsizligi tizimi o‘rnatilgan. Poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi. Har bir tarafga kuniga uchtadan qatnov yo‘lga qo‘yiladi.
Safar chog‘ida davlat rahbari temiryo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, temiryo‘llarni elektrlashtirish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlarini tingladi.
Toshkent va Xojikent oralig‘idagi temiryo‘lga tutash maydonlarni 2025 yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirishga ko‘rsatma berildi. Yo‘nalishdagi egri qismlarni to‘g‘ri qilib qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini ko‘paytirish va ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish topshirildi.
"Yashil makon" loyihasi doirasidagi ishlar ham muhokama qilindi. Temiryo‘l chetlarini ko‘kalamzorlashtirish, suv resurslari cheklangan hududlarda xorijiy tajriba asosida qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarni ekish, chet eldan faqat mahalliy iqlimimizga mos bo‘lgan ko‘chatlarni keltirish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolarining Slovakiyaga mehnat migratsiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:30
-
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 10:01
-
Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Jamiyat | 09:59
-
Toshkentda isitish mavsumini yakunlash haqidagi qaror «tez orada» qabul qilinadi
O‘zbekiston | 09:57
Mavzuga oid

11:52 / 23.01.2025
Toshkent–Xo‘jakent temiryo‘li Chinorkentgacha uzaytirildi

10:49 / 07.01.2025
Toshkent - Xo‘jakent elektropoyezdi endi Janubiy vokzaldan harakatlanadi

22:20 / 02.12.2024
«Toshkent - Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi

08:51 / 28.11.2024