Vazirlar Mahkamasining “Uçta elektropoyezd xarid qiliş” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqlaş töğrisidagi qarori loyihasi işlab çiqildi.
Hujjat Özbekiston prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2030-yilga qadar temiryöl transportida mahalliy yönalişlarda yölovçi taşiş körsatkiçlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida tayyorlangan.
Loyihaga köra, uçta elektropoyezd xarid qilişning umumiy qiymati 465 mlrd 121,9 mln sömni taşkil etadi. Şundan 408 mlrd 243,6 mln sömini kredit mablağlari, 56 mlrd 878,4 mln sömini esa “Şahar atrofida yölovçi taşiş” MÇJning öz mablağlari hisobidan moliyalaştiriş közda tutilgan.
Xarid qilinadigan har bir elektropoyezd oltita vagondan iborat böladi. Şu tariqa, loyiha doirasida jami 18 ta vagondan iborat uçta elektropoyezd xarid qilinişi rejalaştirilgan.
Yangi elektropoyezdlar işga tuşirilgaç, yiliga 2 mln 702,4 ming nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyati yaratilişi kutilmoqda.
Loyiha doirasida maşina va uskunalar uçun 416 mlrd 595,6 mln söm sarflanişi belgilangan. Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar 48 mlrd 13,9 mln sömni, boşqa xarajatlar esa 512,5 mln sömni taşkil etadi. Quriliş-montaj işlari uçun alohida mablağ ajratiş nazarda tutilmagan.
Şuningdek, loyiha natijasida 13 ta yangi iş örni yaratilişi rejalaştirilgan. Investitsiya davri 9 oy etib belgilangan.
Kredit va boşqa qarz mablağlarini qaytariş muddati 60 oyni taşkil etadi. Bunda 12 oylik imtiyozli davr nazarda tutilgan.
Qaror loyihasida uçta elektropoyezd xarid qiliş loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari belgilangan tartibda işlab çiqilgani va kompleks ekspertizadan ötkazilgani qayd etilgan.













