6 sentabr, duşanba kuni Özbekistonning 10 083 ta umumta'lim maktabida an'anaviy şaklda darslar boşlandi. Bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qabul qilindi.
Xalq ta'limi vazirligi axborotida ularga 12 turdagi öquv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovğalari topşirilgani aytiladi, biroq rasmiy xabarda barça öquvçilar ham Prezident sovğasini ololmagani haqida yozilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahridagi 1-maktabda 1-sinf öquvçilari öquv yilining ilk kuninini Prezident sovğasisiz boşlaşgani haqidagi surat tarqaldi. Ma'lum bölişiça, respublikaning boşqa hududlarida ham şunday holat kuzatilgan.
Kun.uz turli hududlarda suhbatlaşgan fuqarolar, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda izoh yozib qoldirgan ota-onalar öquv qurollari töliq tarkibda emasligini aytdi.
Töplamlarda rangli qalamlar, penal va darsliklar yöqligi, kley qotib qolganidan u bilan heç narsani yopiştirib bölmasligi aytilmoqda. Ayrim holatlarda öquv qurollari hali yetib kelmagani bois bolalarga faqat darslikning özini tarqatişga töğri kelgan.
Xalq ta'limi vazirligi holatga quyidagiça izoh berdi.
“Afsuski, pandemiya yangi öquv yili boşlanişining sönggi kunigaça ba'zi ota-onalar tomonidan farzandlarining hujjatlarini topşirişini keçiktirdi, şu bilan birga, ba'zi yetkazib beruvçilarning keçikişiga ham olib keldi. Bu esa öz-özidan sovğalarni hisob-kitob qilişda va töliq qilib yetkazişda muammolarni yuzaga keltirdi.
Xalq ta'limi vazirligi ota-onalardan vaziyatni töğri qabul qilişlarini va tez kunda sovğalar har bir bolaga yetib borişi ta'minlanişini ma'lum qiladi. Sovğalar içidagi ba'zi yetmay qolgan öquv qurollari joyiga qaytadan yetkazilib, tarqatiladi.
Bir hafta davomida mazkur holat töliq inventarizatsiya qilib çiqiladi, agar şundan söng ham farzandingizga sovğa yoki darslik yetib bormasa, Xalq ta'limi vazirligining (71) 202-09-09 işonç telefon raqamlari orqali murojaat qilişingiz söraladi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Tartibga köra, Prezident sovğasi tarkibidagi papka, öquv qurollarini yetkazib beriş uçun har öquv yili boşlanişi arafasida tender ötkaziladi. Bu tenderni Xalq ta'limi vazirligi qoşidagi “Öquv ta'lim-ta'minot” DUK ötkazadi.












