Yangi Namangan tumanidagi 65-umumtaʼlim maktabi öquvçisi yöl-transport hodisasi oqibatida jarohatlandi. 

Maʼlum qilinişiça, 2-oktabr kuni uçinçi dars soatida ingliz tili fani öqituvçisining dars yakunlanişidan 10 daqiqa avval sinfni tark etişi oqibatida uç nafar öquvçi maktab hududidan çiqib ketgan.

Soat 15:20 atrofida öquvçilardan biri yölning qarama-qarşi tomoniga suv oliş uçun ötib, qaytiş vaqtida “Damas” rusumli avtomobil urib yuborişi oqibatida jarohatlangan. Öquvçiga tibbiy yordam körsatilgan.

Namangan viloyati maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi axborot xizmatining bildirişiça, mazkur holat yuzasidan masʼul xodimlarning faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, sinf rahbari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi.

Öquv işlari böyiça direktor örinbosariga ogohlantiriş berildi hamda ingliz tili fani öqituvçisiga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo çorasi qöllanildi.