Birjada dollar kursi 9600 so‘mdan oshdi
Respublika valuta birjasidagi 2 aprel kungi savdolarda 1 AQSh dollari 18 so‘mga qimmatlashib, 9611 so‘mga yetdi.
1 yevro 77 so‘mga arzonlab, 10518 so‘mni tashkil etmoqda.
Mart oyining birinchi o‘n kunligida dollar kursi birjada 9500 so‘mlik nuqtadan pastga tushib, 9491 so‘mgacha arzonlashib ketgan edi.
Ayni paytda O‘zbekiston banklarida xarid kursi 9570-9590 so‘m oraliqda (bankomatlarda 9300-9600). Aksariyat banklarda 1 dollar 9650 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 31 martdan dollarning rasmiy kursini 9554,22 so‘m etib belgilagan.
O‘tgan hafta Markaziy bank so‘mning keskin devalvatsiyasi ehtimolini yuqori emas deb baholagandi.
Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mart oyida inflatsiya 1,3 foizni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
09:52 / 21.11.2024
Toshkentda qalbaki 9 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
01:16 / 20.11.2024
AQSh raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
21:21 / 14.11.2024