Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev qölga olindi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik qömitasiga tayanib Sputnik Qirğiziston xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, u Bişkekda ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş böyiça jinoyat işi doirasida qölga olingan.
Atamboyev bilan birgalikda uning sobiq tansoqçilari Damir Musakeyev va Kanat Saginbayevlar ham hibsga olingani aytilmoqda.
Davlat xavfsizlik qömitasining ma'lumot berişiça, tartibsizliklarning boşqa iştirokçilarini qölga oliş işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Qirğizistonda ötkazilgan parlament saylovlari natijalaridan norozi bölgan qirğizistonliklar namoyişga çiqişgandi. Vaziyat jiddiy tus olib, namoyişçilar Atamboyev saqlanayotgan Qirğiziston milliy xavfsizlik qömitasi binosining darvozasini sindirib, içkariga kirişgan va uni ozodlikka çiqarişgan.
Ma'lumot uçun, 2019 yil avgustda qölga olingan Almazbek Atamboyev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil-u 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga qöyilgan asosiy ayblov sifatida kriminal Aziz Batukayevni ozodlikka çiqariş keltirilgandi. 2013 yilda 16 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Batukayev muddati yakunlanmay turib ozodlikka çiqarilgan. Atamboyev prezidentlikdan ketgaç, bu iş borasida tekşiruv boşlandi. Atamboyev aybini tan olmagaç, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qölga olişgandi.










