Yiğilişda yoz oylarida elektr tizimlarining barqaror va uzluksiz işlaşini ta’minlaş, yuklama oşib ketişi natijasida ularning işdan çiqişining oldini oliş çoralarini öz vaqtida körib boriş zarurligi körsatib ötildi.
Past kuçlanişli 30 ming kilometr elektr tarmoği va 10 mingta transformatorni mukammal ta’mirlaş işlarini öz vaqtida va sifatli bajariş topşirildi.
Bu borada mart oyida Toşkent şahrida elektr ta’minotini yaxşilaş böyiça alohida dastur qabul qilinib, bunga 4,2 trillion söm ajratildi. Unga muvofiq 900 kilometr elektr tarmoqlari, 230 ta transformatorni yangilaş va rekonstruksiya qiliş, 5 ta yangi podstansiya quriş reja qilingan.
Viloyatlar hokimlariga elektr uskunalari va materiallari zaxirasi uçun ehtiyojlarni hisob-kitob qilib, har bir viloyatda 10 milliard sömdan mablağ ajratiş topşirildi.
1 avgustga qadar 2023 yil uçun reja qilingan tarmoq va transformatorlarni ta’mirlaş işlarini yakuniga yetkaziş vazifasi qöyildi. Buning uçun viloyat, şahar va tumanlarda 400 ga yaqin brigada taşkil qilinadi.
Şuningdek, mutasaddilarga issiqlik energiya stansiyalariga bugungi kunga nisbatan 6 million kub metrga köp gaz yetkazib berişni ta’minlaş, 1 iyulga qadar 200 ming tonna mazut zaxirasini yaratiş topşirildi.
Yoqilği-energetika sohasida davlat nazoratini kuçaytiriş, elektr energiyasi va gazning noqonuniy iste’moliga barham beriş böyiça ham vazifalar belgilab berildi.












