Ekspertlar ma’lumotiga köra, Toşkent şahridagi havo ifloslanişini avtomatik nazorat qiluvçi stansiyalar tomonidan uglerod oksidi (CO) miqdori JSST tomonidan belgilangan normadan 4,4 baravar ortgani qayd etilgan. Unda RM 10 mayda dispersli zarraçalarining maksimal miqdori 341 mkg/m3 ni taşkil etgan bölsa, RM 2,5 miqdori esa belgilangan normadan 57 barobar ortib ketib, 311 mkg/m3 ni taşkil etgan.
Bundan taşqari, Toşkent şahridagi atmosfera havosida kislorod uluşining ham nisbatan kamayib borayotgani aniqlanmoqda. Bu öz navbatida uyqusizlik, holsizlik, boş oğriği keltirib çiqaradi va miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.
Mutaxassislar atmosfera ifloslanişiga respublikada iqlim özgarişi natijasida yuzaga kelayotgan ob-havoning ekstremal kuçayişi, yerlarning şörlanişi, kamsuvlik, qurğoqçilik, çangli böronlar va atropogen ta’sir etayotganini ma’lum qilişgan.
Quyidagilar esa Toşkent atmosfera havosining ifloslanişiga sabab bölyapti:
• yaşillikning yöqolişi — joylarda daraxt va butalarni palapartiş kesiş ekologik muvozanat buzilişiga sabab bölmoqda. Masalan, e’lon qilingan moratoriy davrida 49 mingga yaqin, şundan 10,5 mingga yaqin qimmatbaho daraxtlar noqonuniy kesilişi tufayli tabiatga 45 milliard sömlik zarar yetkazilgan. Şuningdek, magistral yöllar va şahar hududida, turar joy massivlarida kökalamzorlaştiriş foizi kamligiça qolmoqda;
• qurilişdagi xaos — şaharsozlik boş rejalari tasdiqlanmasdan quriliş işlari jadal amalga oşirilmoqda, xususan, Toşkent şahrida davlat rahbari tomonidan bir neça marotaba quriliş işlari amalga oşirilmasligi ma’lum qilingan bölsa-da, hanuzgaça davom etmoqda. Şuningdek, şahardagi qurilişlarda SanPin rioya etilmaydi va ekologik ekspertiza ötkazilmaydi. Masalan, oraliq masofaga rioya qilinmasdan baland binolar qurilişi şamol aylanişini tösib qöygan, havoga keragidan ortiq maişiy çiqindi çiqarilmoqda;
• maşinalar çiqarayotgan zaharlar — avtotransport vositalarining atmosfera havosiga çiqarayotgan ifloslantiruvçi moddalari hajmi oşib borişiga transport vositalarining ekologik darajasi, foydalanilayotgan yonilği va yöl harakatini taşkil etiş sifatiga boğliq bölib qolmoqda. 2021 yilda 3,14 mln dona avtotransport bölgan bölsa, 2023 yilda ularning soni 4,6 mln donani taşkil etib, 32 % ga ortgan. Toşkent şahrida bir kunda örtaça 730 ming avtotransport vositasi harakatlansa, qöşimça ravişda hududlardan 160 mingdan 300 minggaça avtotransport vositasi kirib kelmoqda;












