Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda uyuşgan jinoyatçilik biznes niqobi ostida daromadli sohalarga kirib borayotganini tanqid qildi.
“Ilgari faqat “köça” deb bilgan uyuşgan jinoyatçilik bugun biznes niqobi ostida ança daromadli sohalarga kirib boryapti. Ayniqsa, jinoiy tödalar faoliyati köp qavatli uylar, avtomaşinalar oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar taşkil qiliş, Umra va Haj ziyoratiga yuborişda ança köpaygan.
Şaharda kvartira sotiş masalasida 3 000 dan ziyod fuqaroga 1,3 trln söm zarar yetkazilgan. Misol uçun, “Credit House”, “Infin Story Invest” quriliş korxonalari kvartira sotiş vaji bilan 2000 nafar fuqaroni aldab, 490 mlrd söm pullarini özlaştirgan.
Yoki “Umid Avtolizing”, “Halol Avtolizing” kompaniyasi kabi firmalar jami 1800 nafar fuqaroga avtomaşina yetkazib berişni va’da qilib, ularning 80 mlrd sömini qölga kiritgan. Özbekistonda bölyapti bu gaplar. Şuningdek, “Jalolquduq Aviatrans” korxonasi Umra ziyorati böyiça 534 nafar fuqaroni aldab, şunçaki Saudiya Arabistoniga yuboriş bilan çeklangan, yetkazilgan zarar 18 mlrd söm bölgan. Bu ham haqiqat, bu ham Özbekistonda bölyapti. Lekin heç kim bong urmaydi. Jahongir Xatamov (Boş prokuratura xuzuridagi Departament rahbari – tahr.) taşkiloti bunday uyuşgan jinoiy guruhlar faoliyatiga qaçon barham beradi? Sizlar qilmasangiz kim qiladi, Xatamov?” dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şuningdek, prezident Özbekiston fuqarolari çet davlatlarda ham uyuşgan guruhlar tuzib, tovlamaçilik va zöravonlik bilan şuğullanayotganini ta’kidladi.
“Eng yomoni, çet davlatlarda ham özimizning fuqarolar uyuşgan guruhlar tuzib, bizdan borganlarga nisbatan tovlamaçilik, zöravonlik bilan şuğullanyapti. Özbeklarning çet eldagi ommaviy muştlaşuvlari yurtimiz obrösiga juda katta putur yetkazyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda çiqib yotibdi har kuni. Dunyo hamjamiyati bilan hamkorlikda işlaş uçun juda katta putur bu. Ötgan yilning özida çet elda oğir ahvolga tuşgan 3700 nafar fuqaromiz mamlakatimizga qaytarildi. Yoki 192 nafar fuqaromiz odam savdosi qurboniga aylandi. Toşpölatov (IIV – tahr.), Qurbonov (DXX- tahr.), Rahmatullayev, çet elda uyuşgan jinoiy guruhlar taşkil qilgan, u yerda özimizning fuqarolarni ham talayotgan şaxslar faoliyatiga qaçon çek qöyiladi?”, dedi davlat rahbari.












