Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish inspeksiyasi mustaqil organga aylantiriladi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi vazirlik huzuridan chiqarilib, hukumatning mustaqil ijro organiga aylanadi. Tadbirkor va inspeksiya o‘rtasida shartnoma tuzilgan holatlarda, tadbirkorning qurilish obektida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlari shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi.
Foto: Kun.uz
“Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini vazirlik tarkibidan chiqarib, mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida shakllantirish belgilandi.
Qurilish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida nazorat funksiyalarini to‘liq raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi mexanizmlari shakllantiriladi.
2025 yil 1 maydan:
🔸tadbirkor hamda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari o‘rtasida shartnoma tuzilgan bo‘lsa, tadbirkorlarning qurilish obektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlari shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi;
🔸inspeksiyaga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashish qat’iyan taqiqlanadi.
Mavzuga oid
19:05 / 12.05.2026
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etildi
18:38 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuzildi. Unga Azizbek Urunov rais bo‘ldi
09:28 / 07.05.2026
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi
14:49 / 16.12.2025