Toshkentda avtoturargoh uchun ajratilgan ko‘plab yerlarda biznes markalar qurib yuborilgan, dedi shahar hokimi Shavkat Umrzoqov.
“Afsuski, ilgari avtoturargoh uchun ajratilgan ko‘plab yerlarda biznes markazlar qurilib ketilgan. Bunaqa xatolar takrorlanmasligi uchun bugungi kunda tegishli organlar bilan bu masalani qattiq nazorat ostiga olganmiz”, – dedi hokim O‘zAga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, Urbanizatsiya qo‘mitasi bilan birgalikda 200 ming avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli va yer osti turargohlar uchun joylar belgilanib, bosqichma-bosqich auksionga chiqarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda imzolangan prezident qarori bilan, Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurib, ularning profilini o‘zgartirmaslik shakli bilan tadbirkorlarga berish bilan shug‘ullanuvchi maxsus davlat muassasasi tashkil etilishi belgilangan edi.
Keyinchalik Toshkentda avtoturargoh qurilishi bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalari soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi nazarda tutildi.
2028-yil yakuniga qadar metro stansiyalari oldida avtoturargohlar tashkil qilish orqali “Park & Ride” tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerak. Bunda avtoturargohdan foydalanganlarga chiptadan chegirmalar berilishi, avtoturargoh to‘lovini metro chiptasi orqali qoplash mexanizmi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Chilonzor hokimi tadbirkorga: “Bu avtoturargoh emasligini jinni odam ham ko‘rib turibdi”









