17 Yanvar

Toshkent shahrida o‘qish 23 yanvardan boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

16 Yanvar

Toshkentda kuzatilgan energetik kollaps ortidan poytaxtga so‘nggi besh yil davomida hokimlik qilgan Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi blogosfera va ijtimoiy tarmoqlarda yaxshigina rezonans keltirib chiqardi.

2022 yilning 9 oyi davomida davlat budjetining Toshkent shahri bo‘yicha daromadlari 21,3 trln so‘mni tashkil etgan. Bu prognozga nisbatan 12 foizga ko‘p. «Hokim budjetda soliqlar bo‘yicha qancha kamroq prognoz olsa, shuncha ko‘p qo‘liga budjet puli tushadi», deya ta’kidlamoqda iqtisodchi.

Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistonni tark etmoqchi bo‘lganida to‘xtatildi.

Singapurning Meinhardt guruhi bilan hamkorlikda Loyiha-injiniring markazi tashkil etiladi. Markaz “Yangi Toshkent” aqlli shahrining birinchi bosqichi bosh rejasi va kimyo-farmatsevtika sanoati korxonalari qurilishi bilan shug‘ullanishi ko‘zda tutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni lavozimidan ozod etganiga tushuntirish berdi. 

Shaharning avvalgi prokurori Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga o‘tkazilgandi.

Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlariga «hayfsan» berildi.

Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.

Yunusobodda KIA K5 avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

15 Yanvar

Oziq-ovqat do‘konlari hamda kafe va restoranlar odatiy rejimda ishlashda davom etadi.

14 Yanvar

Toshkent xalqaro aeroportining ochiq maydonda joylashtirilgan kutish hududi -13 daraja sovuq bo‘lishiga qaramasdan, kutib oluvchilar bilan to‘la. Ular orasida xorij fuqarolari, ayollar, keksa ota-onalar ham bor. 

Ko`proq yangiliklar
Top