Toşkent şahrida barça savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, köngiloçar savdo markazlari va istirohat boğlari soat 17:00 dan yopiladi. Bu haqda Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Toşkent şahrida havo-haroratining keskin pasayşi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz ta’minotini uzluksiz yetkaziş maqsadida, şahardagi oziq-ovqat dökonlari va umumovqatlaniş korxonalaridan taşqari barça savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, köngiloçar savdo markazlari va istirohat boğlari qisqartirilgan iş rejimiga ötkaziladi. 

Şu bois, barça savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, köngiloçar savdo markazlari va istirohat boğlari iş faoliyatini ertalab soat 10:00 dan 17:00 ga qadar amalga oşirişi lozim. 

Iş vaqtidan söng, barça elektr asboblari, isitiş uskunalarini öçirgan holda elektr va gaz iste’molini töxtatiş talab etiladi», deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq Toşkent şahri hokimligi elektr tizimiga yuklamani pasaytiriş hamda markazlaşgan issiqlik tizimida haroratni kötariş maqsadida, eng kamida, uç kun davomida köp qavatli uylarning issiq suv ta’minotida haroratni vaqtinça pasaytirişga majbur bölişini ma’lum qilgandi.