Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan ötkazilayotgan yiğilişda ma’lum qilindi.
«Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini çuqur taşviş va iztirob bilan yuragimdan ötkazyapman», dedi davlat rahbari.
Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungaça qanday işlaganini yaqqol körsatib qöygani ta’kidlandi. Ayniqsa, Toşkent şahrining barça darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.
Poytaxtning Boş rejasi haligaça tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obektlar soni 250 dan oşib ketgani, qurilişga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama böyiça aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uçun, narx-navo oşib ketmasligi uçun çora körilmayotgani uçun poytaxt mutasaddilariga qat’iy e’tiroz bildirildi.
Şu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qiş mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik körmagani uçun bugun Toşkent şahar hokimi J.Ortiqxöjayev lavozimidan ozod etildi.
Yunusobod, Mirzo Uluğbek, Uçtepa tumanlari hokimlariga "hayfsan" berildi.
- Jahongir Ortiqxöjayev 2018 yil aprelida Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi bölgan, 2018 yil dekabrida lavozimga tasdiqlangandi.
- 12 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda Jahongir Ortiqxöjayevning mas’ullarga murojaati audiosi tarqalgan, unda tuman hokimlari va boşqa mas’ullardan «ikki kun turib beriş» söralgan, yöqsa «hamma bir tiyinga yaramas hokimlar» bölib qolişi aytilgandi. Şuningdek, 16 yanvarga qadar Toşkent şahridagi töyxonalarda xalqqa oş tarqatilişi ma’lum qilingandi.

















