Toşkent şahri hokimi birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
U şaharda energetika inqirozi yuzaga kelişi ortidan işdan olingan Jahongir Ortiqxöjayev örnida iş boşladi.
Prezident rahbarligidagi yiğilişda Toşkent şahrining Yunusobod, Mirzo Uluğbek, Uçtepa tumanlari hokimlariga «hayfsan» berildi.
Baxtiyor Rahmonov 1959 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan. 1981 yilda Kiyev muhandislik-quriliş institutini, 2000 yilda Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
U köp yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yildan Toşkent şahar Olmazor tumani hokimi lavozimida işlagan.
2021 yil yanvaridan buyon Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlayotgandi.

















