Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Singapurda Meinhardt Group raisi Şahzod Nasim bilan uçraşdi. Tomonlar davlat-xususiy şeriklik tamoyillari asosida qöşma loyihalarni, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşiriş masalasi muhokama qilindi.
Singapur kompaniyasi rahbariyatiga birgalikda işlab çiqiş uçun taklif etilayotgan istiqbolli loyihalarning taqdimoti ötkazildi. Muhokama yakunida, tomonlar qöşma Loyiha-injiniring markazini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişdi.
Markazning asosiy vazifasi şaharsozlik va sanoat sohalaridagi taşabbuslarda ilğor tajribalarni joriy etiş böladi.
“Yangi Toşkent” aqlli şahri birinçi bosqiçi boş rejasini işlab çiqiş, hamda zamonaviy kimyo va farmatsevtika sanoat korxonalarini barpo etiş şular jumlasidan. Markaz uçun malakali kadrlar Singapur korxonasi tomonidan tayyorlanadi.

Laziz Qudratov, şuningdek, Indorama Corporation kompaniyasi direktori Prakaş Kejrival bilan ham uçraşdi. Uçraşuvda töqimaçilik va kimyo sanoatida yangi loyihalarni amalga oşirişni nazarda tutuvçi strategik hamkorlik töğrisidagi bitim imzolandi.
Eslatib ötamiz, Laziz Qudratovning Singapur kompaniyalari bilan mazkur kelişuvlari prezident Şavkat Mirziyovning Singapurga davlat taşrifi arafasida röy bermoqda.
Ma’lumot uçun, Yangi Toşkent poytaxtning şarqiy qismida, Çirçiq va Qorasuv daryolari oraliğida barpo etilişi, 500 ming aholiga möljallangan bölişi közda tutilmoqda. Birinçi bosqiçda 6 ming gektarda qurilişlar qilinadi.

















