18 Noyabr

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Aksum brendi ostida zirhli texnikalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yangi zavod o‘z faoliyatini boshladi.

Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi. U viloyat hokimi lavozimida bir yil ham turmadi.

Davron Hidoyatov bir yil ishlamasdan viloyat rahbarligidan olindi.

Jizzax viloyati sobiq hokimi, yil boshidan buyon Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

XDPning Zangiota tuman kengashi raisi O‘zbekistonda “svet”siz yashayotgan mahalla yo‘qligini aytdi. Biroq shu tumanda qariyb ikki oydan beri elektrsiz yashab kelayotgan o‘nlab oilalar bor.

Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimligidan olinib, qo‘mita rahbarligiga o‘tkazilishi mumkin.

Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zoyir Mirzayev respublikaning boshqa viloyatiga rahbar etib tayinlanishi kutilmoqda.

DXX 3ta hududda yer sotish evaziga jami 700 ming dollarga yaqin pul talab qilgan fuqarolarni qo‘lga oldi.

Tadbirkordan pora talab qilgan “Toshkent suv ta'minoti” Olmaliq shahar filiali boshlig‘i va muhandisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

17 Noyabr

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Prezident maktabi ochildi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi pedagoglari va o‘quvchilari, deputatlar, nuroniylar va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

16 Noyabr

“O‘zgidromet” Qamchiq dovoni bo‘yicha shoshilinch axborot bilan chiqdi.

15 Noyabr

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida IIB YHXB tomonidan giyohvand modda olib ketayotgan haydovchi aniqlandi.

Ko`proq yangiliklar
Top