Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlaniş departamenti tomonidan işga tuşirilgan Age Tashkent loyihasi orqali tanlangan vaqt oraliğini yoki aniq yilni qöllagan holda poytaxtdagi binolarning yoşini aniqlaş imkoniyati paydo böldi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Loyihadan foydalaniş böyiça oddiy yöriqnoma: xaritada sizni qiziqtirgan binoni toping, unga bosing va kerakli ma’lumotlarga – quriliş sanasi, binoning turi (turar joy binosi, ma’muriy bino) va boşqa ma’lumotlarga ega böling», - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinişiça, qurilgan yiliga qarab barça binolar turli ranglarda belgilangan.
«Ekranning öng qismida berilgan diapazondagi, masalan, 1944 va 1998 yillar oraliğida qurilgan binolarni körsatib turuvçi «gradusnik» joylaşgan. Binolarning rangi ham tasodifan tanlangan emas. Qadimgiroq binolar tökiluvçi materiallar – ular qurilişida qöllanilgan somon va loy rangida aks ettirilgan. Sobiq SSSR davrini olovrang va qizil rang aks ettirsa, 1966 yildagi yer qimirlaşidan keyin paydo bölgan metro kök rangda namoyon böladi. Mustaqillik yillariga oç havorang belgi bölsa, yangi Özbekiston davri yaşil rangda böyalgan».
Binoning yoşi yoki boşqa ma’lumotlarida xatolik mavjud bölsa, u haqida qayta aloqa orqali ma’lumot beriş mumkin. Bu orqali dasturçilar ma’lumotlar bazasini takomillaştiradi.
Ekranning çap qismidagi qulf belgisi esa «Sirli xonani» oçib, u Toşkent çegaralarini yilidan kelib çiqib, körsatib beradi. Unda barça tumanlar, şahar atrofidagi qal’a devori, 12 ta darvoza, şuningdek, madaniy meros obektlarining arxeologik hamda köçalarning zamonaviy nomlari körsatilgan.












