Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimligidan ketishi haqidagi xabarlar rad etildi
Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimi lavozimida qoladi, uning o‘rniga Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov kelishi haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi.

Foto: Kun.uz
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga rahbar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Shuningdek, saytning hukumatdagi manbalari ijtimoiy tarmoqlarda Davron Hidoyatov Toshkent shahriga hokim bo‘lib kelishi, shaharning amaldagi hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev esa hukumatdagi bo‘sh lavozimlardan biriga ko‘tarilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ham bildirdi.
Ayni vaqtda Toshkent viloyat hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirok etib, Davron Hidoyatov lavozimdan ozod etilishi va Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining yangi rahbari etib tayinlanishi kutilmoqda.
Ayrim manbalarga ko‘ra Hidoyatov Toshkent viloyati Chirchiq shahri hokimi lavozimiga tushirilishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisligi shu yilning 24 avgust kuni Alisher Maqsudovning ishdan olinishi ortidan bo‘sh qolmoqda.
Mavzuga oid

20:01 / 10.01.2025
16 yillik rekord: eng ko‘p ishonch bildirilgan hokimlar

17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida

12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi

11:53 / 06.11.2024