Toşkent viloyati Çirçiq şahrining sobiq hokimi Davron Hidoyatov «Özavtosanoat» AJ boşqaruvi raisi örinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

U bu lavozimda 2020 yil yanvaridan buyon işlab kelgan va şu kunlarda boşqaruv raisining sotuvni rivojlantiriş va marketing böyiça örinbosari lavozimidan ozod etilgan Sardor Tajiyevning örnini egallagan bölişi mumkin.

Davron Hidoyatov (1976 yilda tuğilgan) — Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va Özbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvçisi. 1996–2004 yillarda Özbekiston Markaziy banki tizimida, 2004–2005 yillarda «Osiyo-Invest Bank» (Moskva) boşqaruvi raisi lavozimida, 2005–2009 yillarda Özbekiston Markaziy banki tizimida işlagan.

2009 yildan 2012 yilgaça GM Uzbekistan kompaniyasining moliya böyiça ijroçi direktori, 2012 yildan 2014 yilgaça MAN Auto-Uzbekistan QK boş direktori lavozimlarida xizmat qilgan.

2014–2017 yillarda Özbekiston Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni kuçaytiriş davlat qömitasi raisi, 2017–2018 yillarda Çilonzor tumani hokimi, 2018–2021 yillarda Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Davron Hidoyatov 2021 yil yanvar oyidan Toşkent viloyati hokimi bölgan, öşa yil noyabrida işdan olinib, Çirçiq şahri hokimi lavozimiga tuşirilgan edi. 2024 yil mart oyida esa boşqa işga ötayotgani munosabati bilan şahar hokimligini tark etgani xabar qilingandi.