Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Aksum brendi ostida zirhli texnikalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yangi zavod o‘z faoliyatini boshladi. Ma'lum qilinishicha, ushbu brendni Birlashgan Arab Amirliklarida Inkas kompaniyasi asoschisi sifatida tanilgan tadbirkor Ulug‘bekxon Maqsumov O‘zbekistonga olib kelgan.

Foto: AKSUM
Foto: AKSUM
Foto: AKSUM

Aksum harbiy sanoat majmuasida harbiylar va fuqarolar uchun ham zirhli avtomashinalar, zirhli sedanlar, zirhli avtobuslar va turli maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan zirhli harbiy mashinalar taqdim qilinadi.

2018 yil mart oyida BAAda istiqomat qiluvchi, asli farg‘onalik tadbirkor Ulug‘bek Maqsumov O‘zbekistonda zirhli avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Foto: AKSUM
Foto: AKSUM
fT2Ue74knp4ZWelAN0_mWqrGNC-PrOzd.jpg (1280×853)
Foto: AKSUM

Tadbirkor unda bunday xohish prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z mablag‘ini yo‘naltirmoqchi bo‘lgan investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng paydo bo‘lganini aytgan.

Foto: AKSUM