Sud Kattaqo‘rg‘onda soliqchining o‘limiga sabab bo‘lgan YHXB xodimlariga berilgan qamoq jazosini o‘zgarishsiz qoldirdi
2021 yil 10 iyun tunda Kattaqo‘rg‘on tumanida IIB YHXB xodimlari tuman soliq idorasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Ahmedovning o‘limiga sababchi bo‘lgan. 2021 yil 3 dekabr kuni aybdorlarga hukm o‘qilgandi. Har ikki tomonning apellyatsiyasi bilan jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqildi.

Foto: Kun.uz
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 31 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida apellyatsiya sudi bo‘yicha ajrim e’lon qilingan.
Unga ko‘ra sud Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudining hukmini o‘zgarishsiz qoldirgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yil 3 dekabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudi tomonidan sudlanuvchilar M.Qo‘chqorov (1987 yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YHXB boshlig‘i lavozimida ishlagan) va Sh.Rahimberdiyev (1990 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB 4-otryad katta inspektori lavozimida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan va aybdorlarga sud hukmi o‘qilgan.
Sud M.Qo‘chqorov va Sh.Rahimberdiyevni Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasidan odam o‘ldirish) 1-qismi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topgan.
Sudlanuvchilar 2 yil ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ularning har biriga 2 yilu 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 10 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Ahmedov yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining zo‘ravonligi tufayli vafot etgandi. Mazkur hodisa OAVda tarqalgach, IIV matbuot kotibi munosabat bildirib, soliqchi boshqaruvidagi Cobalt svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan, xodimlarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi bo‘lganini, so‘ng haydovchi mashinani tashlab, piyoda qochishga uringanini ma’lum qilgandi. Ammo Kun.uz surishtiruvida voqealar tafsiloti boshqacharoq bo‘lgani aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bellissimo Pizza dunyodagi eng yaxshi 5 pitssa brendidan biri deb topildi
O‘zbekiston | 09:00
-
NATO bosh kotibi Odessada: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etadi
Jahon | 08:40
-
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi
Jamiyat | 08:26
-
AQSh: Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilmaguncha, Rossiya bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaydi
Jahon | 08:02
Mavzuga oid

13:33 / 11.03.2025
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi

10:59 / 11.03.2025
Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi

13:30 / 28.02.2025
Uzun tuman IIBda fuqaro vafot etishi bilan bog‘liq holatni prokuratura va Ombudsman o‘rganmoqda

18:12 / 03.08.2024