Zoyir Mirzayev rasman Toshkent viloyatining yangi hokimi bo‘ldi
Davron Hidoyatov bir yil ishlamasdan viloyat rahbarligidan olindi. Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Bugun, 18 noyabr kuni Toshkent viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirok etdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlar sektorlar rahbarlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari, Senat a'zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident farmoni bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Unga ko‘ra, 2021 yil yanvaridan buyon Toshkent viloyatiga rahbarlik qilib kelayotgan Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga shu vaqtgacha Qashqadaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bundan avvalroq Davron Hidoyatov Toshkent shahri hokimi lavozimini egallashi haqida xabarlar tarqalgan, Kun.uz manbasi bu ma'lumotni rad etib, Hidoyatov Toshkent viloyatining Chirchiq shahri hokimi bo‘lishi kutilayotganini ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uchun, bu Toshkent viloyatida 2016 yil boshidan buyon viloyatga yettinchi bor yangi hokim tayinlanishidir:
- Sodiq Abdullayev (2016 yil 4 fevral — 2016 yil 12 avgust)
- Islomjon Ergashxo‘jayev (v. b.) (2016 yil 12 avgust — 2016 yil 15 dekabr)
- Shukurullo Boboyev (2016 yil 15 dekabr — 2017 yil 30 oktabr)
- G‘ulomjon Ibragimov (2017 yil 30 oktabr — 2019 yil 4 iyun)
- Rustam Xolmatov (2019 yil 4 iyun — 2021 yil 30 yanvar)
- Davron Hidoyatov (2021 yil 30 yanvar — 2021 yil 18 noyabr)
Toshkent viloyatiga mustaqillik yillarida jami 14 nafar hokim ishlagan va viloyat bu borada respublikada birinchi o‘rinda (bundan keyingi natija Samarqand viloyatiga tegishli - viloyatning hozirgi rahbari Erkinjon Turdimov 12-rahbar bo‘lib turibdi).
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

12:41 / 20.03.2024
«O‘zavtosanoat» raisiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

11:24 / 18.03.2024
Davron Hidoyatov yangi lavozimga tayinlandi

23:21 / 13.03.2024
Chirchiq shahri hokimi boshqa ishga o‘tadi

19:56 / 18.07.2023