Toşkent viloyati, Angren şahridagi 13- va 17-umumta’lim maktabida «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etildi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, maktab ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengaşi iştirokida yiğiliş ötkazilib, ta’lim muassasasida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.

Avvalroq, Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev umumta’lim maktab direktorlari bilan ötkazgan yiğilişda «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etiş, telefondan foydalanmaslik taklifini ilgari surgan va buni amalga oşirganlarni 300 mln söm mukofot bilan rağbatlantirişini aytgan edi.


Biroq, maktablarda telefondan foydalanişni tartibga soluvçi qoidalar «Telefonsiz maktab» tizimi taşabbusidan ham ança oldinroq qabul qilingan.
Jumladan, bunday me’yorlar Vazirlar Mahkamasining 2012 yildagi «Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida belgilab qöyilgan.
Qarorga köra, ta’lim muassasasiga kirib kelişda har bir ta’lim oluvçi, xodim, keluvçi va boşqa şaxslar öz telefoni abonentining çaqiruv ovozini töliq öçirib qöyişi («ovozsiz» rejimga ötkazişi) şart.
Öquv maşğulotlari va tadbirlar (saflaniş, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va şu kabilar) boşlanişidan oldin telefonni töliq öçirib, portfeli, sumkasi va şu kabilarga solib qöyişi kerak.
Ta’lim oluvçilarga boşqa narsalar qatori, öquv maşğulotlari vaqtida telefon orqali sözlaşiş hamda SMS (MMS) va boşqa turdagi xabarlarni jönatiş taqiqlanadi.
Biroq, ta’lim oluvçilar maşğulotlar va tadbirlar oraliğida faqat asosli va keçiktirib bölmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoşlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan boğlaniş maqsadida telefondan foydalanişi, SMS, MMS, Bluetooth, Internet va şu kabilar xizmatidan foydalanişi mumkin.












