Zoyir Mirzayev Toşkent viloyatining yangi hokimi bölişi kutilmoqda. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ham viloyatning sobiq hokimi bilan xayrlaşuv marosimi vaqtida u respublikaning boşqa bir salohiyati katta viloyatiga hokim etib tayinlanişi ma'lum qilingani haqida xabar bergan.
Ma'lumot uçun, Toşkent viloyatiga 2021 yil yanvaridan buyon Davron Hidoyatov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Zoyir Mirzayev 1968 yil 10 mart kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida tuğilgan. 1994 yil Toşkent moliya institutini tamomlagan.
2003-2004 yillarda Jomboy tumani hokimi, 2004-2008 yillarda Samarqand viloyati hokimi örinbosari, 2008-2010 yillarda Samarqand şahri hokimi bölgan, 2010 yildan 2016 yilgaça Samarqand viloyatini boşqargan.
2016 yildan 2018 yilgaça boş vazir örinbosari - Qişloq va suv xöjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari. 2018 yildan - boş vazir örinbosari - agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste'mol mollari majmuasi rahbari bölib işlagan. U bu lavozimda ekanida Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida tuman hokimligi mutasaddilari va fermerlarni suv oqayotgan ariqqa tuşişga, yana bir neça kişini toş kötarib turişga majburlaganidan keyin tanqidlarga uçrab işdan olingandi.
2018 yil 7 noyabr kuni Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
U 2019 yil oktyabridan buyon Qaşqadaryo viloyatiga hokimlik qilib kelayotgandi. Bugun uning örnini Bojxona qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan Murodjon Azimov egalladi.












