Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 noyabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 9 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Samarqand viloyatida 2 tuman hokimi almashtirildi
Foto: Uz24
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashkiliy masalarni ko‘rib chiqdi.
>>> Batafsil.
O‘zbekiston Afg‘onistonga "Tolibon" bilan muzokaralar o‘tkazishda yordam berishga tayyorligini bildirdi
Foto: inforeactor.ru
O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston va "Tolibon" radikal guruhi o‘rtasida muzokaralar uchun maydon taqdim qilishga tayyor, deb ma'lum qildi Afg‘oniston prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Shokir Kargar.
>>> Batafsil.
Respublikachilar Vakillar palatasida ustunlik qildi
Foto: Reuters
AQSh Respublikachilar partiyasi Kongressning quyi palatasi - Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘ldi.
>>> Batafsil.
AQShning yangi 45-prezidenti nomi ma'lum bo‘ldi

Bloomberg agentligining xabar qilishicha, Donald Tramp Saylovchilar kollegiyasida 276 nafar saylovchiga ega bo‘lib, AQShning 45-prezidenti bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Putin Trampni g‘alaba bilan tabrikladi
Foto: © AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 noyabr, chorshanba kuni respublikachi Donald Trampni AQSh prezidentligi saylovlarida g‘olib bo‘lganligi bilan muborakbod etdi.
>>> Batafsil.
Turkiya Trampni g‘alaba bilan tabrikladi

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim va mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Donald Trampni AQSh prezidentligi uchun saylovlarda g‘olib chiqqani bilan tabrikladi.
>>> Batafsil.
NATO bosh kotibi Trampni tabrikladi
Foto: Reuters
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg milliarder Donald Trampni AQSh prezidentligi uchun saylovda g‘olib bo‘lgani munosabati bilan muborakbod etdi.
>>> Batafsil.
Xitoyda yetti yulduzli mehmonxona ish boshladi

Shanxayda shaharda birinchi yetti yulduzli mehmonxona ochildi. Wanda Reign on the Bund qurilishiga uch yil va 515 million dollar sarflandi.
>>> Batafsil.
Ukraina prezidenti Trampning g‘alabasiga o‘z munosabatini bildirdi
Foto: UNIAN
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donald Trampni AQSh prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba bilan tabrikladi.
>>> Batafsil.
Trampning g‘alabasidan so‘ng namoyishlar boshlandi: Kaliforniya AQSh tarkibidan chiqmoqchi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti saylovida respublikachi Donald Trampning g‘alabasidan so‘ng, Kaliforniyaning Oklend shahrida norozilik namoyishi boshlandi.
>>> Batafsil.
Oltin bahosi AQShdagi saylovlar fonida keskin ko‘tarilib ketdi
Foto: © Fotolia
AQShdagi prezidentlikka nomzodlar - Donald Tramp va Hillari Klinton o‘rtasidagi jiddiy kurashi hamda asosiy shtatlarda milliarderning yetakchilik qilishi fonida oltin bahosi so‘nggi to‘rt soat ichida 4,5 foizga ko‘tarilib ketdi.
>>> Batafsil.
Honda «Duster» raqibini namoyish qildi
Foto: autodato.com
Yaponiyaning Honda kompaniyasi WR-V ixcham krossoverini namoyish etdi. Avval xabar qilinganidek, u ayrim avtomobil bozorlarida Renault Duster va Ford EcoSport modellariga raqobat qilishi kutilmoqda.
>>> Batafsil.
Osiyoning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ma'lum bo‘ldi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2016 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra eng yaxshi futbolchi nomini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan nomzodlar nomini e'lon qildi. Bu haqda OFK matbuot xizmati xabar berdi.
>>> Batafsil.
Frank de Bur Turkiyadan taklif oldi
Foto: eurosport.ru
"Inter"ning sobiq bosh murabbiyi Frank de Bur "Galatasaroy"ni boshqarishi mumkin.
>>> Batafsil.