NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg milliarder Donald Trampni AQŞ prezidentligi uçun saylovda ğolib bölgani munosabati bilan muborakbod etdi. Bu haqda alyansning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

«Men Donald Trampni Qöşma ştatlarning yangi prezidenti bölgani bilan tabriklayman va u bilan birga işlaşga tayyorligimni bildiraman», — degan u.

Stoltenberg AQŞning yetakçilik roli «NATO uçun har qaçongidan ham muhim ekani»ni bildirgan. U Trampni 2017 yilda Bryusselda ötadigan NATO sammitiga taklif qilgan.

Bundan oldinroq Finlyandiya prezidenti Trampni AQŞ prezidentligi bilan tabriklagani xabar qilingandi.