Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 noyabr, çorşanba kuni respublikaçi Donald Trampni AQŞ prezidentligi saylovlarida ğolib bölganligi bilan muborakbod etdi. Bu haqida Kreml rasmiy saytida xabar berildi. Rossiya rahbari Trampga telegramma yöllab, uning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatiga omad tiladi. 

Şu bilan birga, Vladimir Putin Rossiya-Amerika munosabatlarini inqiroz holatidan olib çiqiş yölida hamkorlik qilişga umid bildirdi. 

Rossiya prezidentining sözlariga köra, Moskva va Vaşington örtasida konstruktiv muloqot taşkil etiş nafaqat ikki mamlakat, balki butun dunyo hamjamiyati manfaatlariga javob beradi. Putin bu yölda "teng huquqlilik, özaro hurmat" tamoyillariga asoslanib, harakat qiliş muhimligini ta'kidladi.