Yaponiyaning Honda kompaniyasi WR-V ixçam krossoverini namoyiş etdi. Avval xabar qilinganidek, u ayrim avtomobil bozorlarida Renault Duster va Ford EcoSport modellariga raqobat qilişi kutilmoqda. U ilk bor Braziliyaning San-Paulu şahridagi avtokörgazmada ommaga namoyiş etilgan.

Yangi yöltanlamasni Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyasining Braziliyadagi şö'ba korxonasi işlab çiqqan. Modelning qisqartma nomi kengaytirilganda Winsome Runabout Vehicle (jozibali ixçam avtomobil) körinişiga ega böladi.

Hozirça, Honda kompaniyasi WR-V krossoverining texnik xususiyatlarini ma'lum qilganiça yöq. Kompaniya faqat uning 2017 yil birinçi yarmida işlab çiqarilişi va sotilişi boşlanaşini bildirgan. 

Avval qayd etilganidek, Honda kompaniyasining yangi yöltanlamasi Jazz xetçbeki platformasida barpo etilgan bölişi mumkin. Bundan taşqari, WR-V faqatgina old ğildiraklari yetakçi avtomobil sifatida taklif etilişi mumkinligi aytilmoqda.