Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim va mamlakat Taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli Donald Trampni AQŞ prezidentligi uçun saylovlarda ğolib çiqqani bilan tabrikladi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
«AQŞni va mamlakatning yangi prezidenti Donald Trampni tabriklayman. AQŞ bilan özaro işonç ustiga qurilgan strategik hamkorlik kuçayişda davom etişini tilayman», — degan Çovuşöğli.
Eslatib ötamiz, respublikaçi Donald Tramp 279 ovoz olib, 218 ovozga ega bölgan demokrat Hillari Klintonni ortda qoldirgan holda AQŞning yangi prezidentiga aylandi.












