Xalq deputatlari Kattaqörğon şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida iştirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev taşkiliy masalalarni körib çiqdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi saytida xabar berilgan.
"Kattaqörğon şahar hokimi Şuhrat Rahmonov öz arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Bahodir Sayfullayeviç Sa'dullayev viloyat hokimi tavsiyasiga köra şahar hokimi etib tasdiqlandi", — deyilgan xabar matnida.
Bundan taşqari, xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ham taşkiliy masala körilgan. Nurali Berdibayev öz arizasiga binoan, tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan. Viloyat hokimi tavsiyasiga köra, Pirmatboy Usarov Oqdaryo tumani hokimi etib tasdiqlangan.












