Şanxayda şaharda birinçi yetti yulduzli mehmonxona oçildi. Wanda Reign on the Bund qurilişiga uç yil va 515 million dollar sarflandi. Bu haqida Daily Mail naşri xabar berdi.
Mehmonxonada 193 xona bölib, ulardan eng kattasining maydoni 288 kvadrat metrdan iborat. Narxlar bir keçaga - 438 dollardan 1,4 ming dollargaça.
Mehmonxona xollida marmar ustunlar qad kötargan, pol esa - nefritdan. Devorlarda zamonaviy xitoy rassomlarining asarlari osiğliq. U yerda fransiyalik boş oşpaz xizmat qiluvçi restoran, şuningdek xitoy va yapon kafelari faoliyat yuritmoqda.
Mehmonxona Wanda Hotels & Resorts tarmoğiga kiradi. U butun dunyo böylab, şu jumladan Osiyo, Şimoliy Amerika, Yevropa va Okeaniyada 100dan ortiq mehmonxonaga ega.


























