5 Dekabr

Samarqand shahrida qoylashgan gulqog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgan.

4 Dekabr

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida mol o‘g‘rilari qo‘lga olingan. Surishtiruv davomida ular viloyatning turli hududlaridan qoramol o‘g‘irlab kelgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Past Darg‘om tumanida joylashgan buyum bozorida fuqaroni urib tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

3 Dekabr

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida gaz ta'minoti xodimlari tomonidan to‘ldirib berish uchun olib ketilgan gaz ballonlari o‘zlashtirib yuborilgan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan.

Joriy yil 10 iyun tunda Kattaqo‘rg‘on tumanida IIB YHXB xodimlari tuman soliq idorasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Ahmedovning o‘limiga sabab bo‘lgandi.

Urgut tumanida joylashgan Qorabog‘lon qishlog‘ida eski transformator portlamaydigan bo‘ldi. Endi odamlar yurak hovuchlab o‘tirmaydi. Bu yerda odamlar pul yig‘ib sotib olgan yangi transformator nihoyat tarmoqqa ulab berilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahrida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini sotayotgan shaxs ushlangan.

O‘zbekiston tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning Bosh assambleyasi o‘tkaziladi - 2023 yilda Samarqand Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi.

2 Dekabr

Urgut deganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngiga xalqi tadbirkor va ishbilarmon bo‘lgan hudud keladi. Urgutlik tadbirkorlar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan birga quruq meva tayyorlashda ham ustasi farang bo‘lib ketishgan. So‘nggi yillarda ular mahalliy xurmoni quritish ishlarini ham yo‘lga qo‘yishdi.

1 Dekabr

Urgut tumani “Qoldivoyjar” MFYga qarashli Qorabog‘lon qishlog‘ida yashovchi fuqarolar fevralda o‘zlari pul yig‘ib transformator sotib olgan. O‘shandan beri uni tarmoqqa ulab berishlari uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasiga “yugurishadi”, ammo natija bo‘lmayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tadbirkor bilan aholi o‘rtasida yuqori kuchlanishli tarmoq tortish masalasida nizo kelib chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan «Samarqand HETK» matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top