Kir Starmer: Buyuk Britaniyaning yangi boş vaziri haqida nimalar ma’lum?
|23:10 / 07.07.202426 35710 min
Qirol Çarlz III Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmerni Bukinghem saroyida qabul qildi va an’anaga köra, unga boş vazir bölişni hamda yangi hukumatni şakllantirişni taklif qildi. Ser Kir Starmer rahbarligida Leyboristlar partiyasi umummilliy saylovlarda işonçli ğalabaga erişgan.
PA MEDIAPA MEDIA
Tört yil muqaddam ser Kir söl siyosatçi Jyeremi Korbin örniga leyboristlarning yangi yetakçisiga aylangandi. Şu palladan boşlab uning asosiy vazifasi partiyani markazçi pozitsiyaga qaytariş, şu tariqa, tarafdorlar sonini oşiriş bölgandi.
Leyboristlar bungaça 14 yil davomida muxolifatda edi.
Siyosat olamiga kirib kelişdan oldingi karera
Leyboristlar yetakçisi Kir Starmer Buyuk Britaniyaning yangi boş vaziri böldi
Kir Starmer köplab hamkasblariga qaraganda ança keçroq Jamoalar palatasi deputati bölgan: u bu vaqtda 50 yoşdan oşgan, unga qadar esa muvaffaqiyatli huquqşunos sifatida karera qilgandi.
Ammo uni doim siyosat qiziqtirgan va ösmirligida u söllarning radikal ğoyalariga ergaşgan.
Starmer 1962 yilda Londonda tuğilgan, keyin esa oila Sarri grafligiga köçib ötadi. Ser Kir özining işçilar sinfiga mansub ekani haqida gapirişni yoqtiradi.
U işçilar oilasidagi tört farzanddan biri edi: uning otasi zavodda slesar bölib işlagan, onasi – hamşira edi.
Yangi boş vazirning barça oila a’zolari Leyboristlar partiyasining sodiq tarafdorlari edi. Tabiiyki, unga partiya asosçisi va ilk yetakçisi, şotlandiyalik konçi Kir Hardi şarafiga ism berişgan.
Ammo oiladagi hayot tinç emasdi. Kir Starmer öz hikoyalarida otasini sovuqqon va odamovi kişi sifatida ta’riflagan. Onasi esa hayotining köp qismida Still kasalligi ham deb ataluvçi autoimmun kasalligidan aziyat çekkan. Oxir-oqibat u nogironlar arafaçasiga ötirib qolgan va tildan qolgan. Bundan taşqari, uning oyoği amputatsiya qilinadi.
Kir Starmer 16 yoşida Leyboristlar partiyasining mahalliy yoşlar bölimi safiga kiradi. Ma’lum vaqt davomida u söl radikal qaraşlarga ega «Sotsialistik muqobillar» jurnalida işlaydi.
Kir Starmer universitetda
Kir Starmer öz oila a’zolari orasida universitetga kirgan birinçi talaba bölgandi. U Lids va Oksfordda huquqni örganadi, keyin esa inson huquqlari böyiça ixtisoslaşgan advokat bölib işlaydi.
Mavzuga oid
Öşa yillarda u Karib havzasi va Afrikada ölim jazosi bekor qilinişi ustida işlaydi.
1990-yillarda maşhur bölgan işda u ikki ekofaol manfaatlarini himoya qilgan, ularni McDonalds restoranlar tarmoği tuhmatda ayblab, sudga bergandi.
2008 yilda Kir Starmer Qirollik prokurorlik xizmati direktori etib tayinlanadi, ya’ni u Angliya va Uelsdagi eng katta prokurorga aylanadi. Bu lavozimda u 2013 yilga qadar işlaydi va 2014 yil ritsarlik unvonini olib, ser deb atala boşlaydi.
Şahzoda Uelskiy, hozirda - qirol Çarlz III 2014 yil Kir Starmerga ritsarlik maqomini bermoqda
Ser Kir qanday qilib leyboristlar yetakçisiga aylangan?
Kir Starmer 2015 yilda Londondagi Holborn va Sent-Penkras okruglaridan Jamoalar palatasiga saylanadi.
Öşa vaqtda Leyboristlar partiyasi öta söl siyosatçi Jyeremi Korbin yetakçiligida muxolifatda edi. U Starmerni parallel hukumatdagi içki işlar vaziri sifatida tayinlaydi. Uning vazifalariga amaldagi hukumatning qator sohalar, masalan immigratsiya masalalaridagi harakatlarini sinçkovlik bilan kuzatiş kirardi.
Britaniya xalqi Yevroittifoqni tark etiş uçun ovoz bergaç, ser Kir partiyada breksit böyiça kotibga aylanadi.
Kir Starmer söl siyosatçi Jyeremi Korbin örniga leyboristlar yetakçisi bölgandi
Kir Starmerda Leyboristlar partiyasiga rahbar böliş imkoniyati 2019 yilda, umummilliy saylovlardan keyin yuzaga keladi. Bu saylovlar partiya uçun öta muvaffaqiyatsiz keçadi va 1935 yildan buyon eng oğir mağlubiyat bilan yakunlanadi. Şundan keyin Jyeremi Korbinda iste’foga çiqişdan boşqa yöl qolmaydi.
Ser Kir söl pozitsiyada çiqiş qilib, partiya a’zolariga elektr energiya va suv sohasidagi kompaniyalarni milliylaştirişni va’da qilib, şuningdek universitetlar talabalari uçun bepul ta’limni tarğib qilgan holda rahbariyat vakillaridan biriga aylanadi.
Jyeremi Korbin davrida partiya a’zolari ikkiga - söl radikal ğoyalarga amal qiluvçi hamda nisbatan mö’tadil pozitsiyani tanlaganlarga ajralgandi.
Kir Starmer partiyani birlaştirişni istaşi, ammo şu bilan birgalikda Korbinning «radikalizm»ini ham saqlab qolmoqçiligini aytadi. Öşanda u «markazga haddan taşqari oğiş»dan ehtiyot bölgandi.
Ammo, partiyaga rahbar bölgaç, ser Kir Jyeremi Korbinni antisemitizm böyiça kelib çiqqan mojaro tufayli Leyboristlar partiyasining parlamentdagi a’zolari safidan çetlatadi.
Leyboristlarning söl qanotidagi köpçilikning aytişiça, Kir Starmer bugungi kunda partiya içkarisida kelgusida faqat mö’tadil qaraşlarga ega bölganlar nomzodi parlament deputatligiga ilgari surilişini ta’minlaşga qaratilgan siyosat olib bormoqda.
Ser Kirning siyosiy qaraşlari
Ppartiya rahbari böliş uçun saylovoldi taşviqoti çoğida nimalar deganidan qat’i nazar, Kir Starmer saylovçilar sonini oşiriş uçun partiyani markaz tomon siljitadi.
U mamlakatdagi iqtisodiy holatni rökaç qilib, qimmatga tuşuvçi köplab ğoyalardan boş tortgan, şu bilan birga bir qança radikal sxemalarni saqlab qolgan.
Milliylaştiriş
Kir Starmer energetika va suv kompaniyalarni milliylaştiriş töğrisidagi oldingi takliflaridan voz keçgan.
Ammo u beş yil içida deyarli barça yölovçi temiryöl taşuvlarini davlat mulkiga qaytarib, ularni Great British Railways nomi ostidagi yangi kompaniya boşqaruviga ötkazişni va’da qilgan.
Ta’lim
Kir Starmer universitet talabalari öqişi uçun tölovlarni bekor qiliş böyiça va’dasini ham qaytarib olgan va buni hukumat buni öziga ep köra olmasligi bilan izohlagan.
May oyida u BBC bilan suhbatda şunday degandi: «Biz katta ehtimol bilan bunday majburiyatdan voz keçamiz, çunki biz çindan ham murakkab moliyaviy holatdamiz».
Ammo u leyboristlar mamlakatdagi xususiy maktablarda öqiş uçun tölanadigan pullardan qöşimça qiymat soliği undirişni boşlaşini aytgan.
Ser Kirning rafiqasi Viktoriya köplab partiya konferensiyalarida uning yonida turdi
Atrof-muhit muhofazasi
Leyboristlar partiyasi ekologik toza energetika loyihalari uçun xarajatlar böyiça moliyaviy majburiyatlarini ham qisqartirgan. 2021 yilda partiya buning uçun 28 mlrd funt sterling (35 mlrd dollar) sarflaşni va’da qilgandi.
Ammo, partiya hamon dengizdagi şamol elektr stansiyalari quriş böyiça hamda elektromobillarga akkumulyatorlar işlab çiqaruvçi zavodlarni rivojlantiriş böyiça majburiyatlarini bajariş niyatida.
Konservativ partiya bunga javoban Kir Starmer özining muhim siyosiy va’dalaridan qoçişga urinayotganini bildirgan.
Yaqinda Kir Starmer GB Energy kompaniyasi orqali «yaşil» energetikaga 8 mlrd funt sterling (10 mlrd dollar) investitsiya qilişga va’da bergan.
U şuningdek 2030 yilgaça elektr energiyasi işlab çiqarişda qazib olinadigan yonilğidan foydalanişni amalda butunlay töxtatişni va’da qilgan. Ammo köplab ekspertlar buning imkonsiz ekanini aytişadi.
Isroil va Ğazo sektori
2023 yil oktyabrida Hamasning Isroilga hujumidan keyin Kir Starmer Isroil özini mudofaa qiliş huquqidan foydalanib, Ğazoda harbiy amaliyot boşlaş qarorini qöllab-quvvatlagandi.
Bu falastinparast kayfiyatdagi saylovçilarning köpçiligini ğazablantirgan va u Leyboristlar partiyasining zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqirgan önlab deputatlarining isyoniga duç kelgandi.
Şu yil fevralida uning özi ham «uzoq muddatli otaşkesim»ga çaqirib, bu «hozirning özida röy berişi lozimligi»ni aytadi.
YouGov tomonidan mart oyida ötkazilgan sörovnoma körsatişiça, mamlakat aholisining 52 foizi uning bu masaladagi pozitsiyasiga qöşilmagan.
Kir Starmer şuningdek Britaniya samolyotlari Yamandagi husiyçilarni bombardimon qilişini yoqlab çiqqan, öşanda bu guruh Isroilga aloqador deb topgan kemalariga davomli hujumlar uyuştirgandi.
Yevropa
2019 yilda Kir Starmer Britaniya YeIdan çiqişi masalasida ikkinçi referendumni ötkazişga undagandi.
Endi esa u bu masalaga qaytiş haqida gap ham bölişi mumkinmasligini aytadi, ammo Yevroittifoq bilan oziq-ovqat standartlari, atrof-muhit muhofazasi va mehnat qonunçiligi kabi masalalar böyiça yangi kelişuvlarni muhokama qilişga va’da beradi.
«Yutqazişni yomon köraman»
Kir Starmer ehtirosli futbol muxlisi sanaladi
Muxoliflari köpinça Kir Starmerni zerikarli deb ataşadi.
U barça qoidalarga rioya qiliş borasidagi sobitqadamligini ta’kidlaşni xuş köradi. Hatto hamkasblaridan biri uni «Mister Qoida» deb atagan.
U faqat bir marta qonun buzgan. Yoşligida u savdo qiliş uçun ruxsatnomasi bölmasdan muzqaymoq sotgani uçun politsiya qöliga tuşgan. Muzqaymoq musodara qilingan, ammo uning öziga heç qanday çora körilmagan.
U intervyularida öz xarakteri haqida gap oçmaslikni afzal köradi, ammo u bir safar raqobat qilişga moyilligini tan olgan.
Guardian gazetasiga bergan intervyusida u şunday degandi: «Men yutqazişni yomon köraman. Ayrimlar asosiysi – iştirok ekanini aytadi, ammo men bu lagerdan emasman».
2007 yilda Kir Starmer Milliy soğliqni saqlaş tizimida işlovçi Viktoriya Aleksandrga uylangan. Ularning ikki nafar farzandi bor.
U böş vaqtlarida mini-futbol öynaşni yoqtiradi va Londonning «Arsenal» futbol klubiga işqibozlik qiladi.