Elektr energiyasi uçun tölovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani bilan boğliq holat texnik nosozlik ekani ma’lum böldi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uçun tölovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani töğrisida xabar tarqalmoqda.

Ayni paytda tölov tizimlari bilan boğliq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab, tölov amalga oşirilganda iste’molçi balansida tölov qoldiği köproq körsatilişi kuzatilmoqda. Ayni paytda billing tizimi orqali elektr energiyasi uçun tölovlar xatoliksiz qabul qilinmoqda hamda balans qoldiqlari töğri şakllantirilmoqda.

Tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etilişini ma’lum qilamiz.

Iste’molçilardan elektr energiyasi hisobi körsatkiçlari töğrisida aniq va töğri ma’lumotlarni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy veb-saytidaga Shaxsiy kabinet orqali olişlarini tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda.