Fransiyada saylov: Le Penning partiyasi yutqazdi

Foto: IMAGO
Fransiyada parlament saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Ekzitt-poll natijalariga ko‘ra, birinchi turda g‘olib bo‘lgan Marin Le Penning «Milliy birdamlik» partiyasi ikkinchi turda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Birinchi o‘rinni so‘lchilar va yashillar alyansi, ikkinchi o‘rinni prezident Makronning «Birgalikda» bloki egalladi.
BFMTV telekanali keltirgan ekzitt-poll natijalariga ko‘ra, Le Penning partiyasi parlamentda 115 tadan 150 tagacha o‘rin oladigan bo‘ldi. Ikkinchi o‘rindagi alyansga 175 tadan 205 tagacha o‘rin tegadi. Makron yetakchiligidagi blok 150 tadan 175 tagacha o‘ringa egalik qiladi.
Shu tariqa hech bir partiya parlamentda mutlaq ko‘pchilik o‘rin ololmadi. Ikkinchi turda parlamentdagi 577 o‘rin taqsimlandi. Birinchi turda 76 o‘rin uchun saylov o‘tkazilgan va ularning 39 tasini Le Pen partiyasi deputatlari yutib olgandi. «Milliy front»ga 32 ta, Makronning koalitsiyasiga atigi 2 ta o‘rin tekkandi.
Ikkinchi turda davomat favqulodda yuqori bo‘ldi. Fransuz nashrlariga ko‘ra, saylov ikkinchi turida 67,1 foiz saylovchi qatnashgan va bu oxirgi 44 yildagi eng yuqori davomat bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Fransiyada muddatidan oldin parlament saylovlari prezident Makron tomonidan tayinlangandi. Makron Yevroparlament saylovlarida Le Pen partiyasidagi o‘ngchilar g‘olib bo‘lganidan keyin shunday qaror qabul qilgandi.
Marin Le Pen partiyasi parlamentda ko‘pchilikka ega bo‘lolmadi, ammo endi amaldagi prezident Emmanuel Makronda ham bunday imkoniyat bo‘lmaydi. Makron endilikda qaysidir tomon bilan kelishib ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Saylov natijalari fonida Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi
Fan-texnika | 18:33
-
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 18:19
-
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi
Sport | 18:18
-
«Xaqiqat so‘rayman» – klip syomkasida aktrisani «Gelik» bosib ketgani yuzasidan sud boshlandi
Jamiyat | 18:06
Mavzuga oid

11:41 / 08.05.2025
Mers AQShning Ukrainada Rossiya urushini tugatishdagi asosiy rolini ta’kidladi

09:25 / 08.05.2025
Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga mablag‘ ajratadi

07:53 / 08.05.2025
Mers Parij va London bilan yadroviy tiyib turish masalasini muhokama qilishga tayyor

18:14 / 05.05.2025