2021 yil 1 dekabr kuni Kun.uz’da Urgut tuman Qoldivoyjar MFY ga qaraşli Qoraboğlon qişloğida hal bölmay kelayotgan muammo haqida tanqidiy maqola berilgandi. Maqolada Qoraboğlonda yaşovçi odamlar pul yiğib sotib olgan transformatorni tuman elektr tarmoqlari korxonasi tarmoqqa ulab bermayotgani tanqid ostiga olingandi.

Murojaatçilarning ma'lum qilişiça, bugun 2021 yil 2 dekabr kuni «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ xodimlari tomonidan qişloqqa kerakli jihoz va uskunalar olib borilgan. Söng, beton ustunlarga sim tortiş işlari boşlab yuborilgan.

Qoraboğlonda aholi soni uç barobar köpayib qişloqda örnatilgan kiçik quvvatli transformatorning quvvati yetmay qolgan. Oqibatda, u bir neça marta yonib ketgan, gohida portlagan. Eski transformatorni hadeb ta'mirlataveriş xarajati esa xalqning gardaniga tuşavergan. Nihoyat qoraboğlonliklar pul yiğib yangi transformator sotib olişdi va çigal masalani şu tariqa yeçişdi.

Muammoning hal bölişi ortidan bugun 2 dekabr kuni qoraboğlonlik bir guruh otaxonlar tahririyatga qönğiroq qilib minnatdorçilik bildirişdi. Ular Kun.uz’da e'lon qilingan tanqidiy maqolani e'tiborsiz qoldirmagan «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ xodimlarini ham uzundan-uzun duolar qilişdi.