Ma'lum qilinişiça, joriy yil 25 oktyabr kuni Iştixon tumani Damariq mahallasida yaşovçi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U öz murojaatida yaşaş xonadonida joylaşgan oğilxonasidan jami bahosi 14 million söm bölgan ikki boş qoramolni noma'lum kimsalar öğirlab ketganini bildirgan.
Şundan söng tuman IIB xodimlari tomonidan tomonidan tezkor qidiruv harakatlari ötkazilgan. Qidiruv davomida 10 kun deganda ikki nafar gumonlanuvçi öğirlangan qoramollarni Samarqand şahar Matonat mahallasidagi molxonada saqlab kelayotgani aniqlangan.
Suriştiruv davomida gumonlanuvçilar viloyatning boşqa hududlaridan ham qoramollarni öğirlab kelib şu molxonada saqlagani aniqlangan va qoramollarning egalari topilib, ular qaytarilgan.
Qayd etilişiça, mol öğrilariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumondorlar protsessual tarzda qamoqqa olingan.
Hozirda jinoyat işi ayblov xulosasi bilan tugatilib, tuman prokuraturasi orqali mazmunan körib çiqiş uçun jinoyat işlari böyiça Iştixon tuman sudiga yuborilgan.











