Xerenven shahri meri Terd van der Tsvan “De Grafsxap” mahalliy klubining 7 avgustda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvini maydonda xavfsizlik kafolati bo‘lmasligi sababli ko‘chirilishini e'lon qildi.

Shu sabablarga ko‘ra 8 avgustda “Zvolle” va “Kambyur”, “ADO Den Xaag” va PSV hamda “Villem II” va “Vitess” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘ynalmaydi.