13:15 / 19.08.2015
4297

Pushkin haykalini ko‘chirish bilan bog‘liq ishlar nihoyasiga yetdi

Bobur va Shota Rustavelli ko‘chalari kesishmasidagi “Pushkin davri” xiyobonida olib borilgan ishlar tugallandi.
Yangi tashkil etilgan xiyobonda yodgorlik yanada balandroq poydevorga o‘rnatilgan bo‘lib, uning atrofi favvoralar, o‘rindiq, tungi chiroqlar va Pushkin davrini eslatuvchi turli skulpturalar bilan bezatilgan.

Endilikda bu yerda shahar aholisi va mehmonlari sayr qilib, madaniy xordiq chiqarishlari mumkin.
Bundan avval esa Pushkin haykali Rus milliy madaniy markazi iltimosiga ko‘ra yangi joyga ko‘chirilayotgani xabar qilingan edi.

Top