Maktablardan boşlangandi

Barçasi Parij çekkasidagi maktablardan boşlandi. Öquvçilar maktablarda şaroit yaxşi emasligi, sinfxonalar haddan taşqari tölaligi, binolar eskirgani, öqituvçilar yetişmasligidan norozi bölib köçalarga çiqdi. Keyin bu namoyişlarga talabalar qöşildi.

Fransiyada şunaqa, namoyişlar juda tez tarqaladi. Norozilik aksiyalarining asosiy qismi tinç ötadi, odamlar ijtimoiy muammolar böyiça öz eʼtirozlarini hukumatga banner kötarib bildiradi. Lekin radikal guruhlar uçun namoyişlar tartibsizlik keltirib çiqariş, tovlamaçilik qiliş uçun qulay fursat. Bu gal ham şunday böldi, maktab bolalarining eʼtirozi bilan boşlangan noroziliklarda niyati buzuq guruhlar «estafetani ilib ketib», tinç namoyişni buzğunçilikka aylantirib yubordi.

Ijtimoiy muammo

Demokratik jamiyatlarda insonlar hukumatga eʼtirozini tinç namoyiş körinişida bildirişi oddiy qabul qilinadi. Keling, ana şu heç kimning maşinasini yoqmaydigan, heç kimning dökonini tunamaydigan haqiqiy namoyişçilar eʼtirozlari nimada ekanini körib çiqamiz. Asosiy norozilik narx-navo izdan çiqqani bilan boğliq, hukumat ham şunday versiyani ilgari surdi. Parijliklar uy-joy narxi, ijara narxi odamlar daromadiga nisbatan haddan taşqari baland ekanidan norozi bölişyapti. Muammo ayniqsa Parijda yaqqol seziladi: bu şaharda oddiy uy ijarasi oyiga 2 ming yevro atrofida, lekin sizga oyiga şunça pul tölaydigan iş topiş oson emas.

Şu yerda ijara narxi nega odamlar daromadidan kelib çiqib belgilanmaydi, degan savol paydo böladi. Bu endi bozor iqtisodiyoti bilan boğliq muammo. Parij sayyohlar oqib boradigan manzil. Dunyoning tört tomonidan kelgan boy odamlar bu şaharda uy sotib olib, ijaraga beradi va pul işlaydi. Boy investorlar köçmas mulkka pul tikişi tabiiyki, narxni oşiradi.

Oqibatda Parijdagi köplab uylar puli köp sayyohlar uçun çöntakbop, oddiy oylikka işlaydigan fransuz uçun maoşining katta qismini öpirib yuboradigan haşamatga aylandi. Namoyişçilar bundan norozi, ular Fransiya avvalo fransuzlar uçun bölişi, hukumat mahalliy odamlarga yordam berişi kerak, deb hisoblamoqda.

Bu muammo Yevropaning köplab rivojlangan davlatlarida uçraydi. Osiyolik boylar Yevropada köçmas mul sotib olib pul işlaşni odat qilgan, çunki biladi, yevropaliklar aldamaydi, qonun işlaydi, heç kim mulkini tortib olmaydi. Olmoniyada hukmron partiya hududiy saylovlarda yutqaza boşlaganining sabablaridan biri ham mana şu.

Xöş, muammolar lokal ekan, nega unda namoyişga çiqqan muhojir yoşlarga urğu berilmoqda? Çunki namoyişlarda çindan ana şu muhojirlar farzandlari faol böldi. Oddiy fransuzlar ijtimoiy muammoni hukumatga yetkaziş uçun köçaga çiqqandi, lekin boyagi yoşlar dökonlarga bostirib kirdi.