11:11 / 26.10.2015
4857

Shindzo Abe Mustaqillik maydonini ziyorat qildi

24-26 oktabr kunlarida O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirgan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe 25 oktabr kuni Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Unga O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohlik qilgan.

Yaponiya bosh vaziri Mustaqillik maydoniga tashrifi davomida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga guldasta qo‘ygan.

Shindzo Abe shu kuni Toshkentdagi yaponiyalik harbiy asirlar dafn qilingan qabristonga ham tashrif buyurdi va ularning xotirasini yod etdi.

25 oktabr kuni oqshomida Yaponiya bosh vaziri va O‘zbekiston bosh vaziri rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimida qatnashishdi.

Top