Toşkentda quriliş sabab qabristondagi qabrtoşlar şikastlandi
Toşkentdagi sobiq şampan zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari tufayli obyektni Botkin qabristonidan ajratib turgan devor qulab tuşdi. Oqibatda qabristonning 15-sektori oxirgi qatoridagi bir neçta qabrtoş şikastlangan. Holat yuzasidan poytaxt hokimligi ötkazgan örganişlarda qabrlar oçilmagani aniqlangan.
«Qoidabuzarliklar bilan olib borilgan quriliş işlari töxtatildi, masʼul şaxslar aniqlandi. Hodisa tafsilotlari va masʼul şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Aybdorlar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi», - deyiladi hokimlik munosabatida.
Quriliş buyurtmaçisi va pudratçi taşkilotga devor qulaşining oqibatlarini bartaraf etiş hamda şikastlangan qabrtoşlarini tiklaş majburiyati yuklatilgan. Taşkilot vakillari uzr sörab, işlarni hafta oxirigaça yakunlaşini bildirgan.
Pora sifatida kompyuter olgan amaldor qamaldi
Jomboy tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş bölimi boşliği lavozimida işlagan şaxs jinoiy jazoga tortildi.
Sud hukmiga köra, 39 yoşli J.R. tumanning Zarafşon mahallasida 100 tupga yaqin terak kesilgani holati böyiça çora körmaslik, tabiatga yetkazilgan zararni kamaytiriş hamda transport vositasini jarima maydonçasidan çiqarib beriş evaziga narxi 11 mln söm bölgan kompyuter jamlanmasini (monoblok) talab qilgan.
U 26-iyun kuni öz xizmat xonasida monoblokni pora tariqasida olgan vaqtida tezkor tadbirda uşlangan.
Sud hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
3 mingdan ziyod gazballon noqonuniy muomaladan olindi
19–21-oktabr kunlari respublika böylab DXX tomonidan ötkazilgan reydlarda suyultirilgan gaz taʼminoti bilan boğliq 120 dan ortiq qonunbuziliş holati aniqlandi. Ularning 39 tasida gaz idoralari xodimlarining bevosita aloqadorligi qayd etilgan. Tadbirlarda 3 mingdan ziyod gazballon va 13 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz aşyoviy dalil sifatida olingan.
Tadbirlar aholi uçun ajratilgan gazballonlarini noqonuniy saqlaş va qimmat narxlarda sotiş holatlarini aniqlaşga qaratilgan. Xabarda ayrim soha xodimlari fuqarolar bilan til biriktirib, gaz taʼminotidan şaxsiy daromad olişga uringani aytilgan.
DXX bunday reydlar muntazam davom ettirilişini maʼlum qildi.
«Taşabbusli byudjet» böyiça namunali va qoniqarsiz hududlar maʼlum böldi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Taşabbusli byudjet»dagi faollik va samaradorlikni hududlar kesimida aks ettiruvçi reytingni eʼlon qildi.
Maʼlum bölişiça, Buxoro viloyati maksimal 100 balldan 86,6 ball töplagan va taşabbusli byudjetlaştiriş böyiça eng namunali hududga aylangan. Ikkinçi örindagi Namangan viloyati 83,6 ball töplagan. Farğona, Surxondaryo va Toşkent viloyatlari ham 77 ball bilan yuqori örinlarni egallagan.
Sönggi örindagi Andijon viloyatining natijasi boşqa hududlarnikidan keskin farq qiladi: 55,3 ball. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlari ham umumiy «sariq» toifaga tuşgan.
Toşkent va unga tutaş hududlardagi issiqxonalar uçun yangi ekologik talablar belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toşkent şahri va unga tutaş ayrim hududlarda joylaşgan issiqxonalar uçun maxsus ekologik tartib joriy etildi. Jumladan, Toşkent şahri hamda Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq, Qibray, Yangiyöl, Zangiota va Toşkent tumanlari maxsus ekologik tartib amal qiladigan hudud etib belgilandi.
Mazkur hududlardagi issiqxonalar isitiş uçun tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr, geotermal va quyoş energiyasi, şuningdek, issiqlik elektr stansiyalarida hosil böladigan ikkilamçi issiqlik energiyasidan foydalanişi mumkin.
Kömir, briket va biomassa pelletlaridan foydalanayotgan issiqxonalar 2026-yil 1-dekabrga qadar isitiş tizimini yuqoridagi energiya manbalariga ötkazişi lozim. Biroq belgilangan ekologik talablarning barçasi bir vaqtning özida bajarilsa, qattiq yoqilğidan foydalanişga ham ruxsat beriladi. Xususan, qozon qurilmalari yoqilği uzatiş va yoniş jarayonini avtomatik boşqariş tizimi hamda çang-gaz tozalaş uskunalari bilan jihozlanişi şart.
















