Qabriston yonidagi qurilişda yerning kavlanişi oqibatida qabrlarga yetkazilgan zarar yuzasidan Toşkent şahar Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi hamkor taşkilotlar bilan birgalikda holatni örgandi.

Maʼlum bölişiça, voqea Yaşnobod tumani Sultonali Maşhadiy mahallasidagi tadbirkorlik obyekti hududida qöşimça bino quriş uçun yer işlari olib borilayotgan vaqtda sodir bölgan.

Örganiş davomida quriliş işlari belgilangan şaharsozlik normalariga zid ravişda, tegişli ruxsatnomalarsiz boşlangani aniqlangan. Yer işlari jarayonida quruvçining ehtiyotsizligi oqibatida qabriston devoriga şikast yetkazilgan va ayrim qabrlarga zarar yetgan.

Avvalroq sobiq şampan zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari tufayli Botkin qabristoni devori qulab tuşgani va qabristondagi qabrlarni şikastlagani maʼlum qilingan edi.