15:09 / 01.11.2015
7439

Toshkentda Pushkin maydoni paydo bo‘ldi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2015 yil, 14 oktabrdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston poytaxtidagi bir qator ko‘chalarga yangi nomlar berildi. Ushbu qaror matni Toshkent shahar hokimiyati saytiga joylashtirilgan.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi A.Chexov ko‘chasi nomi Fidokor ko‘chasi sifatida o‘zgartiriladi.

Yakkasaroy tumanidagi so‘nggi yillarda nomsiz qolayotgan sobiq Teatr maydoni, 2015 yil yozida bu yerga rus shoiri Pushkinning haykali ko‘chirilgani munosabati bilan, Pushkin maydoniga aylandi.

Bundan tashqari, bir qator yangi nomsiz ko‘chalar, tor ko‘chalar va berk ko‘chalarga ham nom berildi. Xususan, Olmazor tumanidagi «Xislat» mahallasida Xislatobod ko‘chasi paydo bo‘lgan bo‘lsa, Chilonzor tumanidagi «Cho‘ponota» mahallasidagi ko‘chaga Izzaariq deb nom berildi.

Top