Bugungi murakkab vaziyatda dunyo tinçligi, xavfsizlik va barqarorlik davlatlar hamda millatlarning özaro işonçi, hamjihatligi va döstona aloqalarni mustahkam örnatişiga boğliq bölib qoldi. Ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy munosabatlarning ijobiy özanda rivojlanişigina global muhitda, integratsiyalangan şaroitda yaşaşga könikib ulgurgan insoniyatni bugungi tang vaziyatdan olib çiqişi mumkin. 1991 yilda mustaqil davlat sifatida dunyo sahnasiga çiqqan mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov boşçiligida ana şu yöldan, ya'ni tenglik, döstlik va hamjihatlik tamoyillariga asoslangan siyosatni yuritgan holda dadillik, qat'iyat bilan olğa intilmoqda. Şu vaqtga qadar köplab marotaba yurtimiz har qanday mojaro, ziddiyat va inqirozlarni tinçlik yöli bilan, umuminsoniy mezonlar, xalqaro qonun-qoidalar asosida hal etiş tarafdori ekani ma'lum qilingan va mana şu pozitsiya sobitqadamlik bilan himoya etilmoqda.
Janubiy Koreya ham xuddi şu yölda tobora taraqqiy etib borayotgan yana bir tinçlik, ezgulik va hamjihatlik mamlakati hisoblanadi. Ta'kidlaş joizki, özbek va koreys millatlarining öxşaşlik, umumiylik jihatlari bisyor. Bizlarni til jihatdan Oltoy tillar oilasi birlaştirib turgan bölsa, hudud jihatdan bir qit'a, bir mintaqa – Yevroosiyo va şarq umumiylaştirib turadi. Tarixiy, madaniy jihatdan ham köplab uyğunliklarni köriş mumkin. Jafokaş koreys xalqi ham özbeklar singari ötmişda köp bor bosqinçilar zulmi ostida yaşaşga, ularga qarşi qon va jon kuraşini olib borişga majbur bölgan. Ana şunday qiyinçiliklar evaziga bölsa kerak, koreyslar hozirgi tinç va farovon muhitda ham özlarining mehnatsevarligi, tirişqoqligi bilan ajralib turadi, yangiliklarga qöl urib, turmuş tarzini yanada farovonlaştirişga intilib yaşaydi.
Yurtimiz mustaqillikka erişganidan keyin Janubiy Koreya 1991 yil 30 dekabrda Osiyo — Tinç okean mintaqasi davlatlari orasida birinçi bölib Özbekiston mustaqilligini tan oldi. 1992 yilning 29 yanvar kuni esa ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabatlar örnatildi. Şu kundan buyon Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi munosabatlar har bir sohada ijobiy ruhda, muvaffaqiyatli tarzda rivojlanib borayapti.
1992 yilning 19 iyunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasiga davlat taşrifi bilan bordi. Mazkur taşrif ikki mamlakat, ikki millat örtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqalarga asos soldi. Aynan mana şu safar vaqtida “Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik töğrisida”gi dekloratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboşlaş, Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantirişga mablağ sarflaydigan Janubiy Koreya işbilarmonlariga beriladigan kafolatlar töğrisidagi qator şartnomalar imzolandi. Madaniyat, ta'lim, ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida hamkorlik qilişning uzoq muddatga möljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DEU korporatsiyasi rahbarlari bilan Andijon viloyatining Asaka şahrida avtomobil zavodi qurişga kelişib olindi.











