Kutib oliş marosimida Senat raisi Tanzila Norboyeva, sport vaziri Adham Ikromov, prezidentning sport böyiça vakili Odil Abdurahmonov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari, Milliy Paralimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva va boşqalar qatnaşdi.
Tanzila Norboyeva prezident tabrigini öqib eşittirdi.



Paraosiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi aʼzolari 11 sport dasturida iştirok etib, ular orasida para yengil atletika, para dzyudo, para suziş, para pauerlifting, para taekvondo va para velosport turlari böyiça ötkazilgan bellaşuvlarda jami 145 ta medalni qölga kiritdi.













