25-oktabrdan 26-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida noqulay meteorologik şaroitlar taʼsirida havo sifati özgarişi mumkin, deb xabar qildi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi.

“Prognozlarga köra, keçki va tungi soatlarda PM zarraçalari miqdori ortib, havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «noqulay» darajaga yetişi mumkin. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa havo sifati «zarğaldoq» darajada bölişi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, tungi va ertalabki vaqtlarda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va kuçli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Natijada yer yuzasiga yaqin qatlamda PM2.5 va PM10 zarraçalari töplanib, ularning miqdori ortişi mumkin.

Toşkent şahrida 24-oktabrga ötar keçasi ham atmosfera havosi sifati vaqtinça yomonlaşişi mumkinligi xabar qilingandi.